Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

30.08.2018 12:40 Chop etish versiyasi

“Brexit“ Yevropa Ittifoqi yaxlitligiga taʼsir koʻrsatmasligi uchun Fransiya oʻz taklifini ilgari surmoqda

“Brexit“ Yevropa Ittifoqi yaxlitligiga taʼsir koʻrsatmasligi uchun Fransiya oʻz taklifini ilgari surmoqda

Fransiyada Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqach oʻzaro foydali hamkorlikni davom ettirishni koʻzda tutuvchi kelishuvni amalga oshirish boʻyicha loyiha ishlab chiqildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Fransiya rahbari Emmanuel Makron bu boradagi taklifini Yevropa Ittifoqining sentyabr oyida oʻtadigan sammiti doirasida maʼlum qilmoqchi. Mazkur tuzilmaviy kelishuv Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etganidan soʻng, Ittifoq faoliyatida yangi boshqaruv tizimi – “Konsentrik doira“ni joriy etishni nazarda tutadi.

Amerikaning Times nashri bergan maʼlumotga koʻra, Makronning Ittifoq boʻyicha yangi tuzilma taklifi yevro pul birligi Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun asosiy, Birlashgan Qirollik uchun esa ikkinchi darajadagi valyutaga aylanishi, shuningdek, Brexit yagona hamkorlik tamoyillariga taʼsir koʻrsatmasligini taʼminlashga qaratilgan.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
2 053