O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

«Bozor ishi» bo‘yicha kimlar sudlanmoqda?

«Bozor ishi» bo‘yicha kimlar sudlanmoqda?

Internet saytlarda poytaxtimiz bozorlarida faoliyat yuritgan, ularni boshqarishda ishtirok etgan shaxslar ustidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga oid sud jarayoni boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ayrim manbalarda sudlanuvchilar soni 23 nafar ekani aytildi. Bu haqiqatga qanchalik yaqin? Sudlanayotgan shaxslar kimlar? 

Ushbu savollarga rasman aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga murojaat qildik. 

Oliy sud matbuot xizmatidan O‘zAga ma’lum qilishlaricha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar: 

R.Abdumajitov – Toshkent shahar savdo va ishlab chiqarish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan; 

R. Rasulov – “Toshkent oziq-ovqat zaxirasi” DK direktori lavozimida ishlagan; 

D. Arifjanov – «Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori» MChJ direktori lavozimida ishlagan; 

D. Tillyaxodjaev – “Navro‘z davlat qabullar uyi” DK direktori lavozimida ishlagan;

O.Mustaev – «Yunusobod dehqon bozori» AJ direktori lavozimida ishlagan; 

B. Yusupov – «Yunusobod dehqon bozori» AJ direktori lavozimida ishlagan; 

D. Muratov – “O‘rikzor savdo kompleksi” MChJ direktori lavozimida ishlagan; 

B. Abdumajitov – “Poytaxt Nastarin Gullari” MChJ ta’sischisi; 

F.Mirxaydarov – Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan; 

I.Sabirov – «Chorsu buyum savdo kompleksi» AJ direktori lavozimida ishlagan; 

A. Odilov – «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJning yuk saqlash omborxonasida nazoratchi-kassir lavozimida ishlagan; 

Sh. Tursunov – «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJning shartnoma va nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan; 

O. Masharipov – «Eski Juva dexqon bozori» AJ direktori lavozimida ishlagan; 

D. Mirtadjiev – «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ direktori lavozimida ishlagan; 

B. Toshmatov – «Bek to‘pi savdo kompleksi» MChJ direktori lavozimida ishlagan; 

S. Djamalov – «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJning yuk saqlash omborxonasi brigadiri lavozimida ishlagan; 

B. Rixsibaev – «Manzur Guzari» MChJ rahbari; 

M.Sultanov – «Toshkent Tantana Servis» MChJ direktori lavozimida ishlagan; 

M. Muminov – «Toshkent Sayohat Servis» MChJ direktori; 

F. Axmadjonov – «Imkon Agro» MChJ direktori; 

A.Usmonov, Z.Avazovlarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A.Nishonov va M.Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165 (tovlamachilik), 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168 (firibgarlik), 184 (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 189 (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192-1 (xususiy mulk huquqini buzish), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 208 (hokimiyat harakatsizligi), 209 (mansab soxtakorligi), 210 (pora olish), 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 243 (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda.

Sud jarayoni davom etmoqda.

1 494
O‘zA