O‘zA O`zbek

29.08.2018 21:56 Chop etish versiyasi

Boyovutda gʻisht zavodi ishga tushirildi

Boyovutda gʻisht zavodi ishga tushirildi Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida pishiq gʻisht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Boyovut bunyodkor” xususiy korxonasi faoliyat boshladi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu hududlarning nafaqat iqtisodiy oʻsishi, balki joylarda yangi ish oʻrinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.

– Tijorat bankidan olingan 8 milliard soʻmlik kredit mablagʻi hisobiga xorijdan pishiq gʻisht ishlab chiqaradigan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatdik, – deydi korxona rahbari JoniqulMusurmonov. – Kuniga 80-90 mingta pishiq gʻisht ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod ishga tushirilishi bilan 150 kishining doimiy bandligitaʼminlandi.

Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar nafaqat Sirdaryo, shuningdek,Toshkent va Jizzax viloyatlariga ham yetkazib beriladi.

A.Qayumov, Furqat Toshmatov (surat) OʻzA
1 427