Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.01.2018 19:48 Chop etish versiyasi

Boyovutda 48 oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi, tuman hokimligi uy to‘yiga atab dasturxon yozdi

Boyovutda 48 oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi, tuman hokimligi uy to‘yiga atab dasturxon yozdi Prezidentimizning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi Sohil mahallasida yangilangan loyihalar asosida barpo etilgan 2 qavatli uchta yangi uy foydalanishga topshirildi.

Boyovut tumani markazida qad rostlagan hamda 48 oilaga mo‘ljallangan ushbu yangi uylar “Beton sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan qisqa fursatda barpo etildi.

9.JPG

– Yangilangan loyihalar asosida qurilgan uylardan 2 xonalisi bizga ham nasib etdi, – deydi Boyovut tumanidagi 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Ilhom Ergashev. – Bu yerda barcha qulaylik mujassam. Tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi bekamu ko‘st ishlamoqda. 2 xonali uyning umumiy narxi 73 million so‘m bo‘lib, uning boshlang‘ich badali – 11 million 100 ming so‘mini to‘ladim. Bizga mana shunday arzon uylar qurdirib, zamonaviy sharoitlar yaratib berayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz.

5.JPG

Milliy urf-odatlarimizga ko‘ra, Boyovut tumani hokimligi tomonidan uy to‘yiga atab dasturxon yozildi, osh tortildi. San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga yanada xush kayfiyat bag‘ishladi.

Abdujalol Qayumov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA
9 726