O‘zA O`zbek

14.11.2019 Chop etish versiyasi

“Boshqaruv raisi kubogi – 2019“ musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi

“Boshqaruv raisi kubogi – 2019“ musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi

Samarqand shahrida 2019 yil 16-17 noyabr kunlari Xalq banki tomonidan Markaziy apparat va hududiy filiallar xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi – 2019“ an’anaviy musobaqasi o‘tkaziladi.

Musobaqada 4 ta guruhga bo‘lingan holda 14 ta hududda o‘tkazilgan saralash o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan 14 ta filial jamoalari hamda Markaziy apparat xodimlaridan iborat 2 ta jamoa g‘oliblik uchun bahslashadi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i, Kasaba uyushmalari viloyat kengashi raisi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi, viloyat futbol federatsiyasi rahbari, viloyat tijorat banklari rahbarlari, AT Xalq bankining viloyatdagi tuman-shahar filiallari boshqaruvchilari qatnashadi.

Guruh bosqichi o‘yinlari 16 noyabr kuniga mo‘ljallangan. Chorak, yarim final va final o‘yinlari 17 noyabr kuni o‘tkaziladi. G‘oliblarga kubok va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Finaldan so‘ng musobaqada ishtirok etgan xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Samarqand shahrining tarixiy qadamjolariga sayohat tashkil etiladi.

Reklama huquqi asosida
Bank Axborot xizmati

671
O‘zA