O‘zA O`zbek

03.08.2018 23:15 Chop etish versiyasi

Boshqarma huzurida jamoatchilik kengashi tuzildi

Boshqarma huzurida jamoatchilik kengashi tuzildi
Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi huzurida jamoatchilik kengashi tuzildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tashkiliy yig‘ilishda Prezidentimizning 2017-yil 11-iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati ta’kidlandi.

Ushbu hujjat asosida yo‘l infratuzilmasini tubdan yaxshilash, sifatini oshirish, yo‘l harakatining barcha ishtirokchilari xavfsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish ishlarini tubdan o‘zgartirish va samaradorligini yuksaltirish maqsadida ishlab chiqilgan 2018-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasidan kelib chiqadigan vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Konsepsiya doirasida viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan 22 kishidan iborat jamoatchilik kengashiga viloyat matbuot va axborot, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi kabi ko‘plab idoralar vakillari kiritildi.

Kengashga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va ushbu sohada xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik fikrini tizimli ravishda o‘rganish, 2018-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi va u asosida qabul qilinadigan “Yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi va natijalarini monitoring qilish kabi muhim vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilishda jamoatchilik kengashi faoliyatini samarali tashkil qilish yuzasidan fikr almashildi.

A.Sattorov, O‘zA
2 899