O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Boshpanasiz qolgan fuqaroga uy qurib berilmoqda

Boshpanasiz qolgan fuqaroga uy qurib berilmoqda

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oltiariq tumanidagi “Oq bo‘yra” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 2-guruh nogironi Habibullo Toshboevning videomurojaati keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Sud qarori asosida MIB u qurib yashayotgan bir xonali uyni buzgani, oilasi va ikki nafar farzandi bilan joysiz qolgani bayon qilingandi. Viloyat hokimligi mazkur murojaat bo‘yicha o‘z munosabatini bildirgan.

Ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mak ko‘rsatish ezgu amallardan sanaladi. Ayni kunlarda H. Toshboevning sakkiz sotix yer maydoni bo‘lgan hovlisida hashar yo‘li bilan ikki xonali uy qurilishi jadal olib borilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

“Murojaatim davlatimiz rahbariyatiga yetib boradi, deb o‘ylamagandim. Mana qishga qolmay bizga uy qurib berishmoqda. Prezidentimga rahmat“, deydi Habibullo Toshboev.

Uy qurilishida yuzga yaqin hasharchi ustalar beminnat ishtirok etmoqda. Birov devor ko‘tarsa, boshqasi tom yopishda yordam bermoqda. Yana biri ko‘chadan elektr simi tortsa, boshqasi eshik o‘rnatib xona shiftini o‘rnatmoqda.

545
M. Sulaymonov, O‘zA muxbiri