O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

“Bosh vazir kubogi”: 1/8 final bosqichi ishtirokchilari nomi maʼlum boʻldi

“Bosh vazir kubogi”: 1/8 final bosqichi ishtirokchilari nomi maʼlum boʻldi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Bosh vazir kubogi” musobaqasining futbol bahslarida 1/8 final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.

22-oktyabr kuni oʻtkazilgan 1/16 final bosqichi bahslarida Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Madaniyat vazirligi jamoasidan ustun kelgan boʻlsa, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligini magʻlub etdi.

Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Suv xoʻjaligi vazirligiga qarshi oʻtgan qizgʻin va murosasiz oʻyinda 2:1 hisobida oldinda borayotib, hisobdagi ustunlikni saqlab qololmadi. Xususan, darvozamiz tomon belgilangan penaltini darvozabonimiz qaytargan boʻlishiga qaramay, raqib futbolchisi toʻpga birinchi boʻlib yetib keldi va hisobni tenglashtirdi. Ayni shu gol jamoa ruhiyatiga salbiy taʼsir qildi va oʻyindagi magʻlubiyatning asosiy omillaridan biri boʻldi. Boz ustiga soʻnggi daqiqalarda jamoamiz ikkita juda qulay vaziyatni koʻkka sovurdi va alamli tarzda magʻlubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.

1/16 final bosqichining bugun oʻtkazilgan oʻyinlari natijalari quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitasi – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 2-1

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 1-0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi – “Maksam Chirchiq” +,-

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 3-2

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometreologiya xizmati markazi – “Oʻzbektelekom” AJ 0-4

“Asaka bank” AT – Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi 5-0

Agrobank ATB – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1-0

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

2 487
Muhammad AMIN (surat), OʻzA