O‘zA O`zbek

07.12.2017 13:13 Chop etish versiyasi

Bosh qomusimiz – baxtimiz qomusi

Toshkent viloyatidagi O‘rta Chirchiq ijtimoiy-iqtisodiy kollejida o‘tkazilgan tadbir shunday nomlandi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan Bosh qomusimizning 25 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, huquqshunos olimlar, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyoti va madaniy, ma’naviy-ma’rifiy yuksalishining qonuniy asosi, inson huquq va erkinliklarining ishonchli kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamizni chuqur o‘rganish, unda belgilangan moddalar hayotda o‘z ifodasini topishi davr oldimizga qo‘yayotgan muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.

– Prezidentimizning joriy yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida hududlarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda, – deydi partiya viloyat kengashining ayollar masalalari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Sh.Usmonova. – Partiyamiz faollari joylarda “Ayol jinoyatga qo‘l urmasin” mavzusida o‘tkazgan huquqiy targ‘ibot tadbirlariga 600 ga yaqin xotin-qiz qamrab olindi.

Tadbirda huquqshunos olimlar Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning dunyodagi boshqa konstitutsiyalardan farqli jihatlari, shuningdek, huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlashda borasidagi ahamiyati xususida so‘zlab berdi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
5 910