Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.08.2018 12:40 Chop etish versiyasi

Bosh prokuror Sloveniya adliya vazirligi vakillari bilan uchrashdi

Bosh prokuror Sloveniya adliya vazirligi vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodov Sloveniya Respublikasi adliya vaziri Goran Klemenchich hamda Xalqaro nodavlat tashkilot “Regional dialog” hodimlari Myusha Sever va Begzod Sharipovlar bilan uchrashdi.

Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qilishicha, uchrashuv mobaynida mehmonlarga Prezident farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, jinoiy qonunchilikdagi yangiliklar, “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun va ushbu qonunni amalga tadbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, mamlakatimizda olib borilayotgan sud islohotlari va bu sohada prokuratura organlari roli haqida gapirildi.

Janov Klemenchich ma’lumotlar uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar xalq o‘zidan kelib chiqayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasida huquqiy sohada shartnomalar tuzish hamda O‘zbekiston prokuraturasi va Sloveniya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi professional aloqalarni rivojlantirish masalalari haqida suhbat olib bordilar.

Uchrashuv do‘stona kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

O‘zA
1 955