O‘zA O`zbek

01.08.2020 Chop etish versiyasi

Bosh prokuraturada yordam pulini taqsimlashni nazorat qilish boʻyicha maxsus shtab tuzildi

Bosh prokuraturada yordam pulini taqsimlashni nazorat qilish boʻyicha maxsus shtab tuzildi

Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq joylarda aholi qatlamlariga moddiy yordam puli tarqatilmoqda.

Bu jarayonda qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilayotgani haqidagi saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqalmoqda.

Bosh prokuratura bu masalada rasmiy bayonot berdi. Unda farmon ijrosini toʻlaqonli taʼminlash maqsadida maxsus shtab tuzilgani maʼlum qilindi. Maxsus shtab bajariladigan aniq tadbirlarni belgilab, hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablagʻlarining toʻliq va oʻz muddatida manzilli yetkazilishi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qatʼiy choralar koʻrilishi taʼminlanadi.

Agarda bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilish soʻraladi.

Murojaat uchun telefonlar:

Andijon viloyati prokuraturasi – 74 227-1007

Buxoro viloyati prokuraturasi – 65 221-1007

Jizzax viloyati prokuraturasi –72 226-1007

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi – 75 228-1007

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007

Navoiy viloyati prokuraturasi – 79 210-1007

Namangan viloyati prokuraturasi – 69 227-1007

Samarqand viloyati prokuraturasi – 66 231-1007

Sirdaryo viloyati prokuraturasi – 67 235-1007

Surxondaryo viloyati prokuraturasi – 76 223-1007

Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007

Toshkent viloyati prokuraturasi – 71 230-1007

Fargʻona viloyati prokuraturasi – 73 244-1007

Xorazm viloyati prokuraturasi –62 226-1007

Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni soʻrab qoladi.

Bosh prokuratura aholi orasida yolgʻon, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!

2 617
OʻzA