O‘zA O`zbek

14.06.2019 Chop etish versiyasi

Bosh prokuratura Ixtiyor Abdullaev, Bahodir Dehqonov, Gulnora Karimova, Saidabdulaziz Yusupov va Qodir Yusupov ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Ixtiyor Abdullaev, Bahodir Dehqonov, Gulnora Karimova, Saidabdulaziz Yusupov va Qodir Yusupov ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

Prokuratura organlarining 2019 yilning o‘tgan besh oyi davomidagi faoliyati natijalariga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prokuratura organlarining 2019 yilning o‘tgan besh oyi davomidagi faoliyati natijalariga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasida DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev, Oliy sud raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Bahodir Dehqonov, Gulnora Karimova, Qodir Yusupov, Saidabdulaziz Yusupov bo‘yicha jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yo‘ldoshevning qayd etishicha, Davlat xavfsizlik xizmati sobiq raisi I.Abdullaev va uning sheriklariga, shuningdek, Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari B.Dehqonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu jarayon davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgani uchun yopiq holda davom etmoqda.

G.Karimova ayni paytda jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tamoqda. Uning xorijga olib chiqib ketgan mablag‘larini qaytarish bo‘yicha harakatlar xalqaro huquq normalari asosida amalga oshirilmoqda. Uning salomatligi bo‘yicha muammolar yo‘q.

Q.Yusupov jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda.

S.Yusupov ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda. S.Yusupov firibgarlik bo‘yicha ayblanmoqda. O‘zini DXX xodimi, deb tanishtirib, ko‘p miqdorda pul undirgani bo‘yicha ma’lumotlar bor. Unga jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazilgani bo‘yicha bildirilayotgan fikrlarda asos yo‘qligi aytildi.

3 064
N.ABDURAIMOVA, O‘zA