Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.09.2017 19:37 Chop etish versiyasi

Bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining Toshkent shahar anjumani bo‘lib o‘tdi

Bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining Toshkent shahar anjumani bo‘lib o‘tdi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida o‘tkazilgan anjumanga maktab o‘quvchilarini yozgi dam oldirish mavsumida faol qatnashgan vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, oromgohlarning mutasaddilari taklif etildi.

Mamlakatimizda yosh avlodni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularning ta’lim olishi, iste’dodini yuzaga chiqarishi, salomatligini mustahkamlashi masalasiga davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bu yil ham bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi tomonidan tizimli ishlar bajarildi.

O‘quvchilarning yozgi ta’tilini namunali tashkil etish maqsadida Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalarida maxsus shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Tabiat qo‘ynidagi oromgohlar bilan birga maktablar qoshidagi kunduzgi oromgohlarda minglab o‘g‘il-qizlar miriqib hordiq chiqardi. Ayni paytda kam ta’minlangan, ehtiyojmand, serfarzand oilalarning bolalari, Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan o‘quvchilar imtiyozli dam oldirildi.

Barcha oromgohlarda Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlab "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy loyihalar, ko‘rik-tanlovlar, san’at bayramlari, sport musobaqalari o‘tkazildi. "Mustaqillik mening taqdirimda", "Sog‘lom bola – yurt kelajagi", "Bu mening Vatanim!" mavzularidagi rang-barang tadbirlar, sport musobaqalari, ekskursiyalar o‘quvchi-yoshlarda katta taassurot uyg‘otdi.

Anjumanda "Eng g‘amxo‘r tarbiyachi", "Eng faol yetakchi", "Eng yaxshi sport murabbiysi", "Eng yaxshi tibbiyot xodimi", "Eng yaxshi pazanda", "Eng faol ichki ishlar xodimi", "Eng namunali oromgoh", "Eng yaxshi oromgoh boshlig‘i", "Eng yaxshi hamkor" kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nazokat Usmonova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
2 232






Все о погоде - Pogoda.uz