O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 20:03 Chop etish versiyasi

Bolalarga sifatli va kafolatli tibbiy yordam

Bolalarga sifatli va kafolatli tibbiy yordam
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bolalar koʻptarmoqli tibbiyot markazi220 oʻringa moʻljallangan.

Bu yerda kardiologiya, nefrologiya, allergologiya, pulmonologiya, erta yoshdagi bolalar patologiyasi, shuningdek, gematologiya, gastroenterologiya, urologiya, jarrohlik, ortopediya, otolaringologiya kabi yoʻnalishlarda davolash ishlari yoʻlga qoʻyilgan.

Markazning moddiy-texnik bazasi mustahkamlangani bemorlarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish imkonini berayapti. Davolash ishlarida zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq qilish maqsadida markaz shifokorlari xorijiy davlatlarda bilim va malaka oshirib qaytmoqda.

3 (1).jpg

9 (1).jpg


Maqsad Habibullayev (surat) OʻzA