O‘zA O`zbek

01.06.2018 16:50 Chop etish versiyasi

Bolalar uchun xayriya konserti tashkil etildi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 23-sonli Mehribonlik uyida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namunali ko‘rgazmali orkestri tomonidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan xayriya konserti tashkil etildi.

1-iyun sanasida bolalar manfaatlari, huquqlari himoyasini ta’minlash, ularga nisbatan har qanday zo‘ravonlikka barham berishga oid tadbirlar tashkil etilishi bilan bir qatorda, bolalarning ko‘nglini shod etishga qaratilgan bayram va sayllar tashkil etiladi.

Bolalarga mehr ulashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda yangragan kuy-qo‘shiqlar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
2 912