O‘zA O`zbek

31.08.2018 17:34 Chop etish versiyasi

Bolalar sayohatga chiqdi

Bolalar sayohatga chiqdi Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida Samarqand viloyatida ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar, xizmat burchini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar, jazo muddatini oʻtayotgan fuqarolar farzandlari va bir guruh faol yoshlarning Samarqand shahri boʻylab sayohati uyushtirildi.

Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashlari tomonidan tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Bibixonim majmuasi, Hazrati Xizr masjidi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasini ziyorat qilib, buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosi, ularning bunyodkorlik ishlari haqida boy maʼlumotlarga ega boʻldi.

10.JPG

Samarqand shahar tarixidan hikoya qiluvchi “Afrosiyob” muzeyidagi qadimiy devor suratlari, tarixiy ashyolarni bolalar katta qiziqish bilan tomosha qildi.

“JV MAN Auto Uzbekistan” va “Sam Antep Gilam” qoʻshma korxonalarida mehnat qilayotgan yoshlar bu yerga sayohatga kelgan uka-singillariga zavodlarning ishlab chiqarish imkoniyatlari, ishchilar uchun yaratilgan sharoit haqida soʻzlab berdi.

– Juda qiziqarli sayohat boʻldi, – deydi Toyloq tumanidanS.Sirojiddinov. – Ayniqsa, MAN zavodidagi avtomashina va avtobuslarni koʻrib, havas qildik. Kelgusida men ham shunday zavodlarda ishlashni xohlayman. Buning uchun yaxshi oʻqishim kerakligini angladim.

Sayohatdan soʻng tadbir qatnashchilari uchun Samarqand shahrida “Vatanparvar” tashkiloti maktablari tomonidan bir qator sport turlari boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar uyushtirildi. Taniqlisanʼatkorlar va yosh isteʼdodlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Gʻolib Hasanov, Alisher Isroilov (surat) OʻzA
1 315