O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 18:44 Chop etish versiyasi

Bolalar oʻqimay qoʻydi emas, oʻqitilmay qoʻydi

Toshkent viloyati Bekobod shahrida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bepul oʻquv kursi tashkil etildi.

Bekobod shahar tibbiyot kollejida oʻtkazilayotgan mazkur oʻquv mashgʻulotida katta oʻqituvchi Barno Jambilova shahar yoshlariga tarix fanidan saboq berayotir.

– Soʻnggi paytlarda “Bolalar oʻqimay qoʻydi“, degan iddaolar koʻpayib qolgan edi, – deydi B.Jambilova. – Oʻqimay emas, oʻqitilmay qoʻydi, desak toʻgʻriroq boʻladi nazarimda. Bugungi kunga kelib taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, kitobxonlik tanlovlarining oʻtkazilayotgani, inchunin bepul oʻquv kurslarining tashkil etilayotgani yoshlarimizni yana kitobga, fan va hunar sirlarini yanada qunt bilan oʻrganishga qaytarishi shubhasiz.

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi tomonidan “Xizmat – beminnat“ loyihasi doirasida tashkil etilayotgan shu kabi bepul oʻquv kurslariga yoshlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari jalb etilib, turli fan va hunar sirlari qunt bilan oʻrgatilmoqda.

Avazbek Xudoyqulov, OʻzA