Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.06.2018 16:04 Chop etish versiyasi

Bolalar kulgusidan olam munavvar

Bolalar kulgusidan olam munavvar Yurtimizning barcha go‘shalarida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 492-maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan ana shunday bayram tadbirida kuy-qo‘shiqlar, milliy xalq o‘yinlari namoyishi, sport musobaqalari bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shdi.

Bayram tadbirida bolalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

E’zoza Abrolova besh yoshda. U bayram tadbiriga anchadan buyon tayyorgarlik ko‘rgan edi. Raqsga tushib, qo‘shiq kuyladi, she’rlar aytdi. Sport tadbirlarida ham faol qatnashdi. Katta bo‘lganida o‘zi tarbiyalanayotgan ushbu muassasada ishlash niyatida.

– Har kuni o‘rtoqlarimni ko‘rgim, to‘garaklarga borgim keladi, – deydi E’zoza. – Chunki bu yerda qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tiladi. Bayramlar ham juda yoqadi. Chunki unda o‘zim ham qatnashaman.

Barno Meliqulova, O‘zA
2 568