Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2017 16:14 Chop etish versiyasi

"Bolalar kitobi" III respublika festivali o‘tkazilishi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda joriy yilning 14-16-sentabr kunlari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan "Bolalar kitobi" III respublika festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Bolalar kitobi" III respublika kitob festivalidan ko‘zlangan asosiy maqsad 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yosh avlodni yuksak ma’naviyatli shaxs etib tarbiyalashda kitobning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirishdan iboratdir.

Festival nafaqat Toshkent shahrida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda ham o‘tkazilishi yurtimizda keyingi paytlarda chop etilgan badiiy, ilmiy-ma’rifiy, ommabop nashrlar bilan xalqimizni keng tanishtirish imkonini beradi.

Ma’naviyat, adabiyot bayramiga aylanadigan ushbu festival doirasida yangi kitoblar taqdimoti, shoir va yozuvchilar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari, yosh qalamkashlar bilan ijodiy uchrashuvlar, mushoiralar, noshir va matbaachilar bilan muloqotlar bo‘lib o‘tadi. Sayil tarzida tashkil etiladigan tadbirlarda "Eng faol yosh kitobxon", "Yosh kitobsevar", "Mening birinchi kitobim", "Kitobxon oila", "Kitob – beminnat ustoz" singari mavzularda intellektual viktorina, tanlovlar, mushoiralar, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida mazkur festival tadbirlari, nashriyotlar faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 816






Все о погоде - Pogoda.uz