Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.09.2018 19:43 Chop etish versiyasi

Bolalar keng va yorugʻ, barcha sharoitga ega maktabda taʼlim oladi

Bolalar keng va yorugʻ, barcha sharoitga ega maktabda taʼlim oladi Nukusda “Jana bazar” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yangi 45-umumtaʼlim maktabi binosi foydalanishga topshirildi.

Ushbu muassasa qurilish ishlariga 4 milliard 478 million soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi.

– Jami 216 oʻquvchiga moʻljallangan maktab binosining foydalanishga topshirilgani yangi oʻquv yiliga chinakam sovgʻa boʻldi, – deydi “Jana bazar” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Niyetbay Qalbayev. – Shu atrofda maktab yoʻqligi oqibatidan bolalarimizning koʻp vaqti yoʻlda oʻtib ketar edi. Bu esa albatta ota-ona uchun ham oʻqituvchi uchun ham muammo edi. Endi yaqin joydagi keng va yorugʻ, barcha sharoitlarga ega maktabda taʼlim oladi.

Tadbir doirasida 1-sinfga qadam qoʻygan 47 nafar oʻquvchiga zarur oʻquv qurollari va darsliklar jamlangan “Prezident sovgʻasi” topshirildi.

Yangi maktabning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev ishtirok etdi.

Yesimxon Qanoatov, OʻzA
1 413