Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2017 12:47 Chop etish versiyasi

Bolalar jarrohligida zamonaviy amaliyot

Bolalar jarrohligida zamonaviy amaliyot Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazida «Bolalar kichik invaziv (kesma) jarrohligi asoslari» mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Germaniya Federativ Respublikasining moliyaviy hamkorligi doirasidagi «Reproduktiv salomatlik, onalik va bolalikni muhofaza qilishni yaxshilash» dasturi asosida qator hamkor tashkilotlar ko‘magida o‘tkazilgan amaliy tadbirda germaniyalik professor Salmai Turial ishtirok etdi.

—O‘zbekiston tibbiyoti jadal rivojlanayotganiga guvoh bo‘lmoqdaman, - deydi professor S.Turial. — Bu fikrni shifo maskanlarida yaratilgan sharoitlar ham isbotlaydi. Bugungi kunda bolalar jarrohligida kichik invaziv jarrohlik keng ommalashmoqda. Ushbu usullarni yurtingizda ham keng joriy etish bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi. O‘zbekistonlik hamkasblar bilano‘tgan to‘rt kunlik amaliy seminar g‘oyat foydali bo‘ldi.

Professor Salmai Turial seminarning amaliy jarayonlarida bir nechta jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.

Alisher Isroilov (surat), O‘zA
1 525






Все о погоде - Pogoda.uz