O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

06.09.2018 17:40 Chop etish versiyasi

Bolajonlar uchun bayram tadbiri

Bolajonlar uchun bayram tadbiri
Buxoro shahridagi 54-maktabgacha taʼlim muassasasidaeng ulugʻ, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlab madaniy tadbir oʻtkazildi.

400 dan ziyod oʻgʻil-qizni oʻz bagʻriga olgan muassasada zamonaviy sharoit yaratilgan. Bolajonlar musiqa, raqs, tasviriy sanʼat, ingliz tili, sport toʻgaraklarida ilk bilim va mahoratini oshirmoqda. Muntazam tashkil etilayotgan turli madaniy tadbirlar, sport musobaqalarida kichkintoylar faol ishtirok etayotir.

Navbatdagi bayram tadbirida navqiron avlodga Vatan, Mustaqillik atalmish buyuk neʼmat, milliy urf-odat va anʼanalarimiz haqida tushunchalar berildi. Bolajonlar ijrosidagi kuy-qoʻshiq va raqslar tadbirga bayramona koʻtarinkilik bagʻishladi.

1.JPG



2.JPG

5.JPG

4.JPG

Tohir Istatov (surat), OʻzA