O‘zA O`zbek

23.08.2018 12:05 Chop etish versiyasi

Bolajonlar hayit sayliga chiqdi

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida mo‘jazgina, barcha sharoitlar mujassam “Bolalar shaharchasi” joylashgan.

– Qurbon hayiti bayram nishonlanayotgan shu kunlarda shaharchamizga bolajonlarni yo‘qlab keluvchilar ko‘paygan, – deydi “Bolalar shaharchasi” direktori Pokiza Ahmedjonova. – Viloyat hokimligi, prokuratura, ichki ishlar va boshqa tashkilotlardan sovg‘a-salomlar peshma-pesh kelib turibdi. Tashkilot, korxonalar va muassasalardan tashqari, saxovatli insonlar ham tez-tez yo‘qlab turibdi.

Yakka tartibdagi tadbirkor Jasur Mo‘minov shaharchada tarbiyalanayotgan 75 nafar bolani Yangiyer shahridagi zamonaviy bolalar attraksioni o‘rnatilgan istirohat bog‘iga hayit sayliga taklif qildi. Bog‘da bolajonlar bayram tushligi, muzqaymoq, yaxna ichimliklar bilan siylandi, sovg‘a-salomlar ulashildi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
1 458