Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.06.2018 13:33 Chop etish versiyasi

Boks: Qizg‘in bahslardan shohsupaga qadar

Rossiyada boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi bittadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Vazni 56 kilogramm bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Abdulxay Shorahmatov rossiyalik Albert Rodinov va Ahmed Abdullayevni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

Mahoratli bokschimiz finalda qirg‘izistonlik Sirojiddin Abdullayevni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal bilan taqdirlandi.

49 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Nodir Mirzahmedov esa finalga qadar barcha janglarda g‘alaba qozondi va terma jamoamizga kumush medalni keltirdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 181