Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.01.2018 17:04 Chop etish versiyasi

Bojxonada tadbirkorning halolligini tekshiradigan avtomat dastur ishga tushiriladi. U qanday ishlaydi?

Bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimida tovarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish tadbirkorlik sub’ektining halolligiga qarab, avtomatlashtirilgan axborot dasturidagi ma’lumotlar asosida qabul qilish ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni sub’ektiv yondashuvdan voz kechiladi.

Bu tizim ko‘magida, halol to‘g‘ri ishlaydigan va to‘lovlarni to‘liq to‘laydigan tadbirkorlar to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi. Noto‘g‘ri yo‘lda bo‘lgan tadbirkorlarni esa to‘g‘ri yo‘lga boshlash choralari ko‘riladi.

Hozirda bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimini joriy etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Hozirda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun bojxona boji stavkalari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy xarajatlarini qisqartirish maqsadida amaldagi bir qancha bojxona yig‘imlarini bekor qilish yuzasidan choralar ko‘rilmoqda.

O'zA
1 069