O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Bojxona xabarlari

Bojxona xabarlari


1 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari, qoʻshni davlatdan ushbu post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro A.G. xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan oʻtkazishganda ushbu shaxsning qoʻl yuklari va kiyimlari orasida umumiy qiymati qariyb 96,5 million soʻmlik jami ogʻirligi 385,55 gramm sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari yashirilganligini aniqlandi.

Ushbu post xodimlari tomonidan yana bir yirik miqdordagi zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.M. xolislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, ushbu fuqaro umumiy qiymati qariyb 197 million soʻmlik jami 786 gramm sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirishga uringanligi maʼlum boʻldi.

Kurtkaning ichki choʻntagiga nima yashirilgan edi?

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatga ketayotgan fuqaro Sh.I. boshqaruvidagi “DAF Te105xf” rusumli avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda aytilmagan, 700 ming qozoq tengesi, 90 ming Rossiya rubli hamda 7 ming 291 AQSH dollari naqd xorijiy valyutalarini yashirgan holda olib chiqmoqchi boʻlganligi fosh qilindi.

Shu kunning oʻzida“OPEL Zafira” rusumli avtotransport vositasini boshqarib qoʻshni davlatga yoʻl olgan yana bir fuqaro Sh.A. bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, uning egnidagi shimining oʻng choʻntagida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda aytilmagan 6 ming 500 AQSH dollari hamda 10 ming Rossiya rubli naqd xorijiy valyutalarini yashirib olib oʻtishga boʻlgan xarakatlariga ziyrak bojxona xodimlari chek qoʻyishdi.

“Oybek” chegara bojxona posti xodimi tomonidan qoʻshni davlatga yoʻl olgan fuqaro X.Q. xolislar ishtirokida shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, uning egnidagi kurtkasining ichki choʻntagida va shimimning choʻntagida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan 140 ming Rossiya rubli, 5 ming AQSH dollari naqd xorijiy valyutalari yashirilganligi aniqlandi.

Gugurt qutilariga yashirilgan giyohvandlik moddalari

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.T. toʻxtatilib, belgilangan tarzda koʻzdan kechirildi.

Natijada, ushbu shaxsning choʻntaklarida gugurt qutisiga joylangan, ogʻirligi 7 gramm boʻlgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

гиехвандлик моддалари.jpg

Navoiy shahrida oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida, fuqaro B.T. shartli xaridorga gugurt qutisiga yashirilgan, ogʻirligi 6 gramm boʻlgan “marixuana” giyohvand moddasini 400 ming soʻm evaziga sotayotgan paytida qoʻlga olindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


1 650
OʻzA