Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.01.2018 19:56 Chop etish versiyasi

Bojxona ko‘rigi qisqardimi?

Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonga olib kirilayotgan va undan olib chiqilayotgan tovarlarni rasmiylashtirish vaqtida bir marotaba bojxona ko‘rigidan o‘tkazish tartibi joriy qilindi.

Bu tizim halol tadbirkorlik subyektlariga bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirilgan tartibda tezkorlik bilan o‘tkazish, belgilangan bojxona qoidalarini buzgan tadbirkorlik subyektlarini esa to‘g‘ri yo‘lga boshlash maqsadida yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida bojxona organlari zimmasiga tovarlarni bojxona ko‘rigini tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda xavfni boshqarish tizimini qo‘llash bo‘yicha muhim vazifalar yuklangan edi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
7 265