Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.09.2017 15:28 Chop etish versiyasi

Bog‘larda bayram shukuhi

Bog‘larda bayram shukuhi Eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik shodiyonalari yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Ichki ishlar vazirligi, Olmazor tumani hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” nomli tadbir ham ana shu qutlug‘ sanaga bag‘ishlandi.

Tadbirda biz uchun aziz bo‘lgan ulug‘ bayramni munosib o‘tkazishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

– Bog‘dagi bayramona shukuh, namoyish etilayotgan konsert dasturlari, ko‘ngilochar tomoshalar kayfiyatimizni yanada ko‘tardi, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Go‘zal Saidova. – Mana shunday tinch va osuda yurtda yashayotganimiz sababli biz, yoshlar sog‘lom, erkin va ilmli bo‘lib voyaga yetmoqdamiz. Bizga shu imkoniyatlarni bergan istiqlolimizni har kuni bayram qilsak arziydi.

Bog‘ ichida tashkil etilgan ijodiy maydonchalarda namoyish etilayotgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar guldastasi, “Qaldirg‘och” raqs dastasi dasturi, o‘zbek milliy mumtoz navolari hamda “Bibixonim” spektakli yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Gulnoza Boboyeva, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
2 590






Все о погоде - Pogoda.uz