Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.10.2017 18:33 Chop etish versiyasi

Bo‘stonliq tumanidagi "Xonbaliq" xo‘jaligida madaniy an’analar va milliy taomlar II xalqaro festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Bo‘stonliq tumanidagi "Xonbaliq" xo‘jaligida madaniy an’analar va milliy taomlar II xalqaro festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, vazirlikning diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi hamda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, mohir pazandalar, ekspertlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘.Fozilov, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi A.Umarov va boshqalar mamlakatimizda milliy an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash, ularning maktablarini yanada boyitish va rivojlantirish, nomoddiy madaniy merosimizni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro diplomatik, do‘stlik, madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlashda milliy an’ana va qadriyatlar, turli xalqlarning madaniyatini namoyish etuvchi loyihalar, festivallar muhim o‘rin tutadi. Milliy pazandalik maktabimiz tarixiy an’analarga tayanishi bilan jahonda nom qozongan.

Bo‘stonliq tumanidagi "Xonbaliq" xo‘jaligida madaniy an’analar va milliy taomlar II xalqaro festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi

– Bu festival-tanlov o‘zbek pazandalik san’ati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, turli xalqlarning milliy taomlariga oid ma’lumotlardan xabardor bo‘lishda o‘ziga xos qulay imkoniyatdir, – deydi Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar. – Ushbu festival uchun hind oshxonasiga oid maxsus stend tayyorladik, milliy taomlarimizning tayyorlanish jarayonini namoyish qildik.

Festival-tanlov yakuniga ko‘ra, "Eng yaxshi milliy taom" nominatsiyasida birinchi o‘rin Qirg‘iziston elchixonasi vakillariga nasib etdi. "Eng yaxshi bezatilgan stend" nominatsiyasida birinchi o‘ringa Falastin Davlati elchixonasi jamoasi munosib topildi.

Nazokat Usmonova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
1 709






Все о погоде - Pogoda.uz