Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.07.2018 17:26 Chop etish versiyasi

Bo‘sh kelmang, yosh kitobxonlar!

Bo‘sh kelmang, yosh kitobxonlar! Namangan viloyatida “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.

Prezidentimizning 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi to‘laqonli ta’minlanishida mazkur tadbirning alohida o‘rni bor.

Shu nuqtai nazardan, uning yuqori saviyada o‘tishiga erishish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, shahar va tumanlardagi eng zamonaviy, barcha zarur sharoit va imkoniyatlarga ega, muhimi turli masofalardan keluvchi ishtirokchilarning barchasi uchun qulay bo‘lgan kollejlar va boshqa ta’lim muassasalarining binolari tanlandi. Ular tanlov nizomiga muvofiq, kompyuter, axborot-kommunikatsiya vositalari hamda boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlandi.

Tanlovda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 38 ming 478 nafar kitobxon ishtirok etadi.

A.Sattorov, O‘zA
2 957