O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

Boʻsh binolar uchun boʻlayotgan savdolar haqida maʼlumot berildi

Boʻsh binolar uchun boʻlayotgan savdolar haqida maʼlumot berildi

Bugungi auksionlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidan savdoga chiqarilgan boshlangʻich narxi 1 soʻmlik Markaziy taʼmirlash ustaxonasining binosi uchun kurash keskin bormoqda. Narx 248 mln.soʻmga yetdi. 

Savdoda 5 kishi qatnashayapti. Gʻolib 2 yilda 200 mln.soʻm investitsiya kiritishi va 8 ta yangi ish oʻrni yaratishi lozim boʻladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, avvalroq, Namangan viloyati, Chust tumanidagi boshlangʻich narxi 1 soʻmlik qurilishi tugallanmagan oqava suv inshooti uchun oʻtgan savdolarda 52 mln.soʻm narx tasdiqlangan edi.

Shuningdek Namangan viloyati Chortoq tumanidagi boshlangʻich narxi 1 soʻmlik sobiq choyxona binosi uchun savdolarda 6 nafar ishtirokchi qatnashib, savdolar natijasida mulk 44 mln.soʻmga sotilgan edi.

1 462
OʻzA