O‘zA O`zbek

29.10.2019 Chop etish versiyasi

Boʻlgʻusi pedagoglar maskani

Boʻlgʻusi pedagoglar maskani


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali Prezidentimiz tashabbusi bilan hududdagi pedagoglarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olib, joriy oʻquv yili boshida tashkil etilgan.

Ayni paytda bu yerda 234 nafar talaba boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ishi, maktabgacha taʼlim, xorijiy tillar va adabiyot (ingliz tili), oʻzbek tili va adabiyoti (boshqa tilli guruhlarda – rus tili va adabiyoti) kabi 4 yoʻnalishda bakalavriat bosqichida tahsil olmoqda. Universitet ixtiyoriga QarDU qoshidagi Shahrisabz akademik litseyining bino va inshootlari berilgan.

– Hududlarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlib, yangi filial ushbu muammoni hal etish maqsadiga xizmat qiladi, - deydi oʻqituvchi Manzura Namozova. – Mana, 30 yildirki, oʻzbek tili va adabiyoti fanidan yoshlarga saboq berib kelaman. Oʻylaymanki, bu yerda tayyorlanayotgan kadrlar maktablarda tilimizni oʻqitish sifatini oshirishga munosib hissa qoʻshadilar.

photo5314626995344223269.jpg

photo5314626995344223272.jpg

photo5314626995344223271.jpg

photo5314626995344223267.jpg

photo5314296746718899300.jpg


765
Jamshid NORQOBILOV (surat), OʻzA