Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.01.2018 13:24 Chop etish versiyasi

Bo‘lajak Vatan himoyachilari

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi «Xumo» nomli 328 - sonli Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida «Men ham askar bo‘laman» mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mamlakatimizda vatanparvar, ma’nan yetuk va jismonan sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda «Xumo» nomli 328 - sonli Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida 171 o‘g‘il-qizni tarbiyalanmoqda. Ularning ta’lim-tarbiya olishi, o‘z iqtidorini namoyon etishi, sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishini ta’minlash maqsadida bog‘chada barcha imkoniyatlar yaratilgan.

«Men ham askar bo‘laman» tadbirida faol qatnashgan bolajonlar o‘zlarining bilimga chanqoq, intiluvchan va zukkoliklarini yana bir bor namoyish etishdi.

– Farzandlarimizning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishi uchun, avvalo, ularga bolaligidanoq to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, Vatanga, oilaga nisbatan mehr-muhabbatini kuchaytirish lozim, – deydi IMTM mudirasi Mohichehra Karimova. – Biz muassasamizda tarbiyalanayotgan har bir kichkintoy qalbiga ana shunday tuyg‘ularini singdirishga intilamiz. Bugungi tadbir ham ularning ona Vatanga sadoqat, hurmat va fidoyilik hissini tuyishga xizmat qiladi.

Tadbirda bo‘lajak Vatan himoyachilarining ijro etgan kuy-qo‘shiqlari, sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga ulkan zavq bag‘ishladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
7 086