Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2017 18:40 Chop etish versiyasi

Toshkent viloyatida bo‘lajak Vatan himoyachilari harbiy xizmatga kuzatildi

Toshkent viloyatida bo‘lajak Vatan himoyachilari harbiy xizmatga kuzatildi Toshkent viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimligi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar vakillari, harbiy xizmatchilar, bo‘lajak askarlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan marosimda mamlakatimizda osmonimiz musaffoligi, xalqimiz osoyishtaligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga qodir, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ hamda texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamiz shakllantirilgani, harbiy xizmatga yoshlarimizning qiziqish va intilishi tobora ortib, Vatan himoyachisi bo‘lish yuksak shon-sharaf ishiga aylangani alohida ta’kidlandi.

– Farzandining alpkelbat bo‘lib ulg‘ayishini, Vatan himoyachisi bo‘lishini diliga tugmagan ota-ona bo‘lmasa kerak, – deydi muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan chinozlik Eldor Abdullaxonovning onasi Lola opa. – Bugun qalbidagi eng ezgu tilaklaridan biri ushalayotgan onalar qatorida ekanimdan bir baxtiyor bo‘lsam, o‘g‘limning yuz-ko‘zidagi mamnunlikni ko‘rib, yanada xursand bo‘ldim. Uning bolaligidan oilasi, yaqinlari, do‘stlariga mehribonligi, muntazam sport bilan shug‘ullangani, kollejda barcha fanlardan a’lo bahoga o‘qigani harbiylik kasbiga tomon tashlangan dastlabki qadamlari, deb bilaman. Ilohim, bu qadamlar hamisha bardavom va mardona bo‘lsin.

Badiiy jamoalar va yosh xonandalar ijrosidagi Vatan, istiqlol, tinchlik va yoshlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar kuzatish marosimi ishtirokchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Ikrom Avvalboyev, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
2 147






Все о погоде - Pogoda.uz