Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2018 11:04 Chop etish versiyasi

Boʻlajak jurnalistlar taʼlim olishi uchun qanday sharoitlar yaratildi?

Boʻlajak jurnalistlar taʼlim olishi uchun qanday sharoitlar yaratildi?
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tashkil etilgan Open Air - “Labirint” zonasi markazida ramziy  oʻralgan, oltin rang patqalam joylashgan.

Jurnalist hayoti va ijodi mashaqqatlarini oʻzida aks ettirgan labirint atrofida oʻrnatilgan oʻrindiqlarda talabalar Wi-fi dan foydalanishi, oʻqituvchilar esa ochiq havoda dars mashgʻulotlarini olib borishi mumkin.

Universitetning tantanali ochilish marosimi oldidan jurnalistlar uchun oʻtkazilgan press turda mehmonlarga mana shu kabi qiziq maʼlumotlar berildi va ular universitet yangi binosi va oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.

78d8b9f2-5fcb-4c9d-98c5-7007d696c8c7.jpg

– Qurilish ishlari universitet hovlisiga kirish joyidan boshlandi, – deydi Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻjayev. – Dunyoning nufuzli universitetlarida boʻlganimda ilm dargohi mazmunini ifodalovchi ramziy tasvirlarga guvoh boʻlganman, bu esa siz bino darvozasidan kirishingiz bilan ilm dargohida ekanligingizni yodingizga soladi. Asosiy binoga kirib borishda milliy uslubda ishlangan Open Air “Suhbat” burchagini koʻrishingiz mumkin, u yerda kichik guruhlar mashgʻulot oʻtkazishi mumkin. Uning yonidagi baliqlar suzib yurgan hovuz, musaffo havo, noyob oʻsimliklar goʻzalligi, sokin muhit ijodkor talabalarimizga ilhom beradi.

7711c31e-5c89-4ea2-b7d5-de1bdcb52d8b.jpg

Shundan soʻng, press tur qatnashchilari asosiy binodagi universitet mobil muzeyi, strategiya xonasi, kutubxona, oʻquv auditoriyalari, barcha qulayliklarga ega sport zali bilan ham yaqindan tanishtirildi.

Ayniqsa, universitet hovlisida joylashgan Open Air “Cinema” zonasi jurnalistlarning katta qiziqishiga sabab boʻldi. Yozgi kinoteatr shaklida qurilgan mazkur joyda talabalar katta ekranda tahliliy, badiiy, informatsion media mahsulotlarni tomosha qilishlari mumkin. Shuningdek, universitet tadbirlari ham ushbu joyda oʻtkaziladi.

5044e917-28f1-4d39-8819-0d7619436b7e.jpg

Press tur yakunida mehmonlarga universitet binosining avvalgi va hozirgi holati, bajarilgan va oldinda turgan ishlar haqida video rolik namoyish etildi, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

I.Ahatova, OʻzA
1 946