O‘zA O`zbek

19.05.2019 14:15 Chop etish versiyasi

BMT Bosh kotibining yordamchisi bilan uchrashuv

BMT Bosh kotibining yordamchisi bilan uchrashuv

2019 yilning 19 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar boʻyicha yordamchisi Miroslav Yenchani qabul qildi.

U Moskva xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining (MGIMO) V Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan cuhbat chogʻida Prezident Shavkat Mirziyoyev va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning aprel oyida Pekin shahridagi samarali muzokaralari chogʻida erishilgan kelishuvlarni joriy etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

BMT shafeligida Orolboʻyi mintaqasi uchun koʻp tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatining boshlanishi mamnuniyat bilan qayd etildi. Hozirgi vaqtda bir qator davlatlar fondga mablagʻ ajratish toʻgʻrisida maʼlum qildilar. Xususan, Oʻzbekiston rejalangan 6 million AQSH dollaridan 2 million miqdoridagi dastlabki transhni fondga oʻtkazdi. Orol dengizining oldingi tubida 500 ming gektarga yaqin maydonga himoya koʻchatlari ekildi, Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha 500 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbatda BMT Rezident-koordinatori Helena Freyzer ishtirok etdi.

OʻzA
2 603