O‘zA O`zbek

16.08.2018 17:47 Chop etish versiyasi

Blokcheyn va kriptovalyuta O‘zbekistonga kirib kelmoqda! Siz bundan moddiy manfaat ko‘rishingiz mumkin

Blokcheyn va kriptovalyuta O‘zbekistonga kirib kelmoqda! Siz bundan moddiy manfaat ko‘rishingiz mumkin O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Blokcheyn texnologiyasini qonuniylashtirmoqda. Bunday zamonaviy, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish kelajak uchun ulkan zamin yaratadi.

Hozirgi kunda internet tarmog‘i bizga ulkan imkoniyatlarni yaratmoqda. Blokcheyn orqali onlayn ishlash imkoniyati juda ko‘p sohalarga qo‘l kelmoqda. Shu bois kelajakda ko‘p sohalar onlayn holatda Blokcheyin tarmog‘idan foydalanishi mumkin. Endilikda siz o‘zingizga qiziq bo‘lgan sohada ishlab pul topishingiz, hamfikrlar yig‘ishingiz uchun ham imkoniyatga ega bo‘lasiz. Avvaliga Facebook, Instagram, YouTube, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda shunchaki qiziqish, vaqt o‘tkazish va ko‘ngilxushlik uchun ma’lumotlar joylagan bo‘lsangiz, endilikda bunday joylashtirishlar uchun Blokcheyn tarmog‘idan rag‘batlantiruvchi pul mukofotlarini olishingiz mumkin.

Bularga misol sifatida steemit, golos.io, d.tube Blokcheyn tarmoqlarini aytsak bo‘ladi. Bundan tashqari, Blokcheyn tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlab turish maqsadida o‘zingizga server o‘rnatib, xohlagan tarmog‘ingizga qo‘shilishingiz, pul mukofotlari olsangiz bo‘ladi. Blokcheyn tarmog‘ini o‘zingizning texnik imkoniyatlaringiz bilan qo‘llab-quvvatlashingiz “Mayning” deb ataladi, ya’ni tarmoqdagi kelishilgan bir algoritm bilan tekshirib, xavfsizligini ta’minlab turish “Mayning” qilish deyiladi. Bu kabi “Blokcheyn”, “Mayning”, “Ayrdrop”, “Baunti” va shu kabi yangi so‘zlar, tushunchalar endilikda hayotimizga juda tezlik bilan kirib keladi.

Blokcheyn sohasini hozirdanoq maktab fanlariga kiritib borish lozim, universitetlarda o‘qitib, hayotga tatbiq qilishimiz kerak. Xalqimizda Blokcheyn tarmog‘ida ishlash, daromad qilish, pul jalb qilish, kriptovalyutalar bilan ishlash imkoniyatlari haqida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borishimiz kerak. Ayniqsa, kriptovalyuta birjalari bilan ishlash madaniyati shakllantirilishi lozim. Valyuta qora bozorini endigina yo‘qotib, uning noqonuniy aylanmalari bilan kurashayotgan bir vaziyatda, yangi kriptovalyutalar bozorining shakllanishi iqtisodiyotimizga sezilarli ta’sir etmay qolmaydi.

Kriptovalyuta birjalarini taqiqlash, to‘siq qo‘yish yoki sun’iy yo‘llar bilan chegaralash Blokcheyin sohasining rivojiga ta’sir qiladi. Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun Davlat o‘zining kriptovalyuta fondini shakllantirib, xalq bilan birgalikda investitsiya qilish va uni boshqarishni yo‘lga qo‘yishi lozim. O‘zbekiston fuqarolari va yoshlari ham kriptovalyutalarga investitsiya qilish va ularni boshqarish bilimini, madaniyatini oshirib, global Blokcheyin olamida o‘z o‘rnini egallashiga imkon mavjud.

O‘zA
5 869