O‘zA O`zbek

13.11.2019 Chop etish versiyasi

Biznes-ombudsmanning vakolatlari kengaytirildi

Biznes-ombudsmanning vakolatlari kengaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Unga koʻra Biznes-ombudsmanga bir qancha qoʻshimcha vakolatlar berildi.

Kiritilgan oʻzgartirishga asosan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1973-modda qoʻyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi.

Bunda mansabdor shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devoni xodimlari oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmaslik, ularning ishiga toʻsqinlik qilish, ularga bila turib yolgʻon axborot berish, xuddi shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlarni, xulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz maʼlumotlarni taqdim etilgan holatlari boʻyicha maʼmuriy javobgarlik choralari belgilandi.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2458-moddasi bilan kodeksning 1973, 2411–24111-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devoni xodimlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish vakolati berildi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuborilishi belgilandi.

Bundan tashqari, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodekslarning bir qator moddalariga ham oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Endilikda, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qabul qilingan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar bundan mustasno vakolatiga ega.


671
OʻzA