Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.07.2018 14:12 Chop etish versiyasi

BIZDA HAMMA TADBIRKOR

Mufarrax MAHKAMOVA,
“Chig‘atoy Oqtepa” MFY raisi v.b.:

– Mahallamizda 812 xonadon bor. Bizda aholi asosan hovlilarda yashaydi. Har bir oilada tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi yaxshi an’anaga aylangan. Bekorchi odamning o‘zini topish qiyin.
Mahallada xayrli ishlar, ezgu tashabbuslar amalga oshirib kelinadi. Saxiy tadbirkorlarimiz muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatadi. Xususan, kommunal to‘lovlardan qarzi bor oilalarga qarzini to‘lashda homiylik qilishadi.
Fuqarolarimiz oldinlari biror mojaro bo‘lsa mahallaga arz qilib chiqardi. Hozir bu holat kam kuzatilmoqda. Bunga asosiy sabab aholining ish bilan bandligi, farzandlarimizning o‘qishga ishtiyoqi balandligi va bo‘sh vaqtining mazmunli tashkil etilganidir.

O'zA
2 232