Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 13:13 Chop etish versiyasi

Biz teng huquqli hamkorlik tarafdorimiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqini televideniye orqali katta hayajon bilan tingladik, matbuotda o‘qidik.

Davlatimiz rahbari BMTning katta minbaridan turib, mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar haqida aniq dalillar, misollar bilan o‘z fikrlarini bayon etdi.

Mamlakatimiz 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar asosida jadal rivojlanmoqda. Yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida xalq hokimiyati barpo etilmoqda. Buni 2017-yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinishida, aholi bilan olib borilayotgan muloqotlarda, tashkil etilgan Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari misolida ham yaqqol ko‘rish ko‘rish mumkin.  Rahbarimiz o‘z nutqida ta’kidlaganidek, qisqa vaqt ichida bir milliondan ortiq odam O‘zbekistonda joriy qilingan xalq bilan muloqotning yangi shakllari orqali o‘z muammolarini yechishdi. Ya’ni mamlakatimizda xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan tamoyil to‘liq amalda joriy etilmoqda.

 Yurtboshimiz o‘z nutqida Markaziy Osiyo xalqlarini tashvishga solib turgan dolzarb muammolar – qurib borayotgan Orol dengizi, umumiy suv havzalaridan birgalikda foydalanish, qo‘shni Afg‘oniston davlatida tinchlik o‘rnatish, terrorizmga qarshi kurashish  kabi masalalar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdiki, bu Bosh Assambleya qatnashchilarida yorqin taasssurot qoldirdi.

O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar iliqlashmoqda. Buni, ayniqsa, Qirg‘iziston bilan munosabat misolida ko‘rish mumkin.Uzoq yillar mobaynida o‘zaro bordi-keldi qilolmagan qo‘shni xalqlar bugun bemalol muloqot, aloqa  qilishi  uchun barcha sharoit yaratildi. Mamlakatimiz yaxshi qo‘shnichilik siyosatining tarafdoridir.

Ayniqsa, davlatimiz rahbarining terrorizmga qarshi kurashishda kuch ishlatish siyosati o‘zini oqlamayotganligi haqidagi fikrlari nihoyatda ahamiyatlidir. Zero, buning oqibatida ko‘pgina begunoh odamlar, tinch aholi vakillari ham jabr ko‘rmoqda. Shuningdek,​O‘zbekistonning hech qanday blokka qo‘shilmaslik maqomini saqlab qolgan holda, ochiq muloqotga tayyorligi yana bir bor ta’kidlandi. Biz  tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz.

Komila Karomova,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputati.

O‘zA
841






Все о погоде - Pogoda.uz