O‘zA O`zbek

02.06.2020 Chop etish versiyasi

“Bisyorda” oʻgʻriliklar bisyor ekan

“Bisyorda” oʻgʻriliklar bisyor ekan

Maʼlumki, tegishli organlar tomonidan muntazam ravishda elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlaridan faqat qonuniy foydalanish yuzasidan tushuntirish va targʻibot tadbiralari oʻtkazib kelinmoqda. Biroq, olib borilayotgan bu kabi tushuntirishlarga qaramay, ayrim isteʼmolchilarning tarmoqlardan noqonuniy yoʻllar orqali foydalanishi hamon uchrab turibdi.

Jumladan, Byuroning viloyat boshqarmasi tezkor shoʻbasi xodimlari tomonidan Namangan shahrida joylashgan “Bisyor milliy taomlari” maʼsuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasidagi tarmoqlari koʻzdan kechiraldi. Sinchkovlik bilan xodimlarda shubha uygʻotgan tarmoqlar koʻrilganda antiqa holatga duch kelindi. Yaʼni, oshxonada elektr hisoblagichdan tashqari bir qarashda aniqlab boʻlmaydigan tarmoqlar tortilib, hisoblagichsiz 200/5 tok transformator oʻrnatib, foydlanib kelingan. Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnma rasmiylashtirilib, tarmoqdan vaqtincha ajratildi.

Taʼminotchi korxona tomonidan qayta hisob kitob qilinganda 294105 kVt soat zarar yetkazgani maʼlum boʻldi. Endi “hech kim koʻrmaydi” deya tarmoqlardan yashirin foydalanilgan oshxona 132.347.250 soʻm miqdorida yetkazilgan zarar summasini toʻlaydigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilishiga sabab boʻldi.

2 031
OʻzA