Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.02.2017 20:43 Chop etish versiyasi

Birlamchi tibbiy xizmat – salomatlik asosi

Birlamchi tibbiy xizmat – salomatlik asosi Buxoro shahridagi 4-oilaviy poliklinika 25 mingdan ziyod aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Muassasaning kunduzgi davolanish, fizioterapiya bo‘limlari, laboratoriya, muolaja, emlash xonalari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

– Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish ishlari samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz, – deydi muassasa shifokori Nargiza Norova. - O‘smirlar, tug‘ruq yoshidagi ayollar, yosh onalar muntazam ravishda tibbiy ko‘riklarga jalb etilib, ularga zarur hollarda mutaxassis maslahati va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Tohir Istatov (surat), O‘zA
1 355






Все о погоде - Pogoda.uz