O‘zA O`zbek

22.08.2019 Chop etish versiyasi

Birja orqali sotilgan avtoraqamlarning hajmi 245 mlrd so‘mdan oshdi

Birja orqali sotilgan avtoraqamlarning hajmi 245 mlrd so‘mdan oshdi

“O‘zRTXB” AJning “AVTORAQAM” elektron savdo platformasi ishga tushirilgan paytdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining bo‘linmalari tomonidan umumiy qiymati 245,0 mlrd so‘mdan yuqori 50 mingta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bitta bitimning o‘rtacha qiymati 5,0 mln so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgust 683-sonli qaroriga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar avtoraqam.uzex.uz veb saytida avtoraqamlar sotuvi bo‘yicha o‘tkaziladigan savdolarda vositachilarning ishtirokisiz, ya’ni bevosita o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali ishtirok etishadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisini oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha xarid qiladigan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlarining shaxsiy kabinetidagi login va parolni tegishlicha saqlanishi va xavfsizligi uchun to‘liq javob beradi.

Shu munosabat bilan, barcha savdo ishtirokchilardan avtoraqamlarni onlayn auksion orqali xarid qilishda vositachilarning xizmatlaridan foydalanmaslikni, hamda o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan “UZCARD” plastik karta ma’lumotlari, login va parolni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslikni so‘raymiz.

536
O‘zA