O‘zA O`zbek

30.08.2018 17:19 Chop etish versiyasi

Birinchi Prezidentimiz vaqt koʻzgusida

Birinchi Prezidentimiz vaqt koʻzgusida Toshkent fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Farhod Qurbonboyevning shu nomdagi fotokoʻrgazmasi ish boshladi.

Unda soʻzga chiqqan Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimova Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish yoʻlida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni alohida eʼtirof etdi.

Suratlarda Islom Karimovning maʼnaviy dunyosi, kechinmalari, oʻy-orzulari, hayotining quvonchli daqiqalari, qalbini bir on ham tark etmagan ona yurti va Oʻzbekiston xalqiga boʻlgan sevgisi aks ettirilgan.

Fotokoʻrgazma 30 sentyabrga qadar davom etadi.

Gulnoza Boboyeva, OʻzA
885