Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.09.2017 13:40 Chop etish versiyasi

Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilmoqda

Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilmoqda Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami va Qurbon hayiti ko‘tarinki ruhda nishonlanayotgan ayni damda poytaxtimizdagi Oqsaroy qarorgohi oldida buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil davlatimiz asoschisi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan haykal poyi gullarga burkangan.

Bugun vazirlik, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, poytaxtimiz aholisi va mehmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardan kelgan keng jamoatchilik vakillari Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, xotirasini yod etmoqda.

Birinchi Prezidentimiz aziz umrini jonajon yurtimiz, xalqimiz baxtu saodati, bugungi tinch va farovon kunlarimizga bag‘ishladi, xalqimiz o‘y-fikri bilan yashadi. Islom Karimovdan ozod va obod Vatan meros bo‘lib qoldi.

– Islom Karimov xotirasi har birimizning yuragimizdan chuqur joy olgan. U kishi bizga bebaho meros – mustaqillikni in’om etdi, – deydi Namangan viloyatidan kelgan mehnat faxriysi Sobirjon Otajonov. – Hozir xayolimizdan ko‘p xotiralar o‘tayapti, hayot yo‘llarini mushohada qilayapmiz. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshgan g‘oyat ulug‘ va mardonavor ezgu ishlarni munosib davom ettirishda sobitqadam bo‘lishimiz kerak. Bugun Islom Karimov haqiga duolar qildik, Yaratgandan yurtimizga tinchlik, xalqimizga omonlik, xayrli amallarimizga bardavomlik tiladik.

Ulug‘bek Asrorov, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
3 932






Все о погоде - Pogoda.uz