O‘zA O`zbek

06.08.2018 09:40 Chop etish versiyasi

Birinchi kurs talabalariga akademik ta’til beriladimi?

Birinchi kurs talabalariga akademik ta’til beriladimi?
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish qaysi hollarda beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganini vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali yana bir karra eslatadi. 

Nizomga muvofiq, akademik ta’til quyidagi hollarda beriladi:

harbiy xizmatni o‘tash uchun;

salomatligini tiklash uchun;

homiladorlik va tug‘ish uchun;

bolalarni parvarish qilish uchun.

Talabalarga o‘qish davomida ikki marta, tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga uch martagacha akademik ta’til berilishi mumkin.

Birinchi kurs talabalariga akademik ta’til, istisno tariqasida, faqat ularning kasalligi tufayli berilishi mumkin.

Akademik ta’til olish uchun talaba ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.

O‘zA
2 433