O‘zA O`zbek

05.01.2018 15:57 Chop etish versiyasi

Bir kunda 1559 qoidabuzarlik!

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan 2018-yilning 4-yanvar kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan tadbir davomida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 1559 ta qoidabuzarliklar aniqlandi, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy veb-sayti.

Ularning 12 tasi mast holatda transport vositasini boshqarish, 13 tasi transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 18 tasi svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 15 tasi harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 150 tasi odam tashish qoidalarini buzish, 97 tasi tezlikni belgilangan me’yordan oshirish, 6 tasi bo‘ysunmaslik, 562 tasi xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati hisoblanadi.

48 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Saytda, shuningdek, mast holatda avtomobil boshqargan haydovchilar haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

 

O‘zA
8 621