O‘zA O`zbek

06.08.2018 18:04 Chop etish versiyasi

Bir haftada Samarqand shahrida 2 ming 100 qoidabuzarlik

Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-otryadi xodimlari tomonidan joriy yilning 30 iyul – 5 avgust kunlari (bir hafta davomida) Samarqand shahrida yo‘l harakati bilan bog‘liq 2 ming 119 qoidabuzarlik aniqlandi. Ularning 1 ming 435 tasi qo‘pol qoidabuzarliklar hisoblanadi.

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB 2-yo‘l patrul xizmati otryadi komandiri Sherzod Xoliqov ma’lum qildi. Uning aytishicha, 309 nafar haydovchi odam tashish qoidalariga amal qilmagan. 143 holatda belgilangan harakat tezligining oshirilishi aniqlandi. 88 nafar fuqaro transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqargan bo‘lsa, 26 nafar haydovchi mast holda “rulga o‘tirgan”.

Bundan tashqari, 76 holatda svetofor ishoralariga bo‘ysunmaslik, 71 holatda to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzish, 58 holatda harakat chog‘ida telefondan foydalanish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar qayd etilib, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Bir hafta davomida shaharda 49 nafar piyoda yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ularga nisbatan chora ko‘rildi.

O‘zA
2 872