O‘zA O`zbek

07.08.2018 21:09 Chop etish versiyasi

Bir haftada 160 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etildi. qurbonlar bor...

Bir haftada 160 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etildi. qurbonlar bor... Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan hafta avtomobil yo‘llarida jami 160 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Natijada ushbu hodisalarda 44 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 142 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan.

Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 86 ming 171 qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, bularning 40 ming 362 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 1 ming 596 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 11 ming 916 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzgan, 1 ming 168 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan.

Transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynaning yorug‘lik o‘tkazishi kamida 70 foizni tashkil etishi kerakligi to‘g‘risida tushuntirishlar berilmoqda. Ammo shunga qaramay 679 nafar haydovchi transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan.

Bundan tashqari, harakat vaqtida telefondan foydalangan 908 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 15 ming 416 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilgan.

O‘zA
2 219