O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

05.09.2018 21:07 Chop etish versiyasi

Bilimlar sari chorlovchi qoʻngʻiroq

Bilimlar sari chorlovchi qoʻngʻiroq Andijon viloyati umumtaʼlim maktablarida ham yangi oʻquv yili boshlanishiga bagʻishlangan tadbirlar yuqori saviyada oʻtkazildi.

Joriy oʻquv yilida viloyatda 741 umumtaʼlim maktabi 533 ming 976 nafar oʻquvchiga eshiklarini ochdi. Ulardan 54 ming 350 dan ziyodi birinchi sinfga qabul qilindi.

Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida viloyatda beshta umumtaʼlim maktabi foydalanishga topshirildi. 4 ta taʼlim maskani rekonstruksiya qilindi, 11 tasida kapital taʼmirlash ishlari bajarildi.

Andijon shahridagi 1-umumtaʼlim maktabida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir ham oʻquvchilarni yangi marralar sari chorladi.

Zuhriddin Umurzoqov (surat) OʻzA